ADSL 

qisqartma: Asymmetric Digital Subscriber Line

Asimmetrik raqamli abonent liniyasi. Maʼlumotlarni telefon liniyalari boʻylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi. DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga moʻljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Nomidan shaklicha, maʼlumotlarni uzatish asimmetrik, yaʼni, dastlabki trafikga nisbatan chiqish trafikiga ancha kattaroq chastota oraligʻi ajratiladi. 8 Mbit/s. tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/c. gacha tezlik bilan uzatadi. ADSL-modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7 kmdan ortmasligi kerak. Ish vaqtida maʼlumotlarni uzatish tezligi telefon liniyasining ahvoliga (shovqin darajasiga, toʻsiqlar soniga va h.k.) qarab oʻzgarishi mumkin. Bundan tashqari ADSL-ulanish shovqinlarga, ayniqsa shu telefon kabelidan oʻtkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir.

User Rating: Be the first one !

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*

code

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Close