Nuqta

Hech qanday oʻlchamga ega boʻlmagan eng sodda geometrik jismga nuqta deyiladi. Nuqta A,B,C,D kabi belgilanadi.

Nuqta — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qad. tinish belgilaridan biri (•); 11-asrda arab, matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. 19-asrgacha unish vazifasi va qoʻllanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi oʻzbek imlosida N. quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi: 1) darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda); 2) orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroqboring . Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin); 3) bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqart-malardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va shahrik.; va boshqalar); abbreviaturalarda N. qoʻyilmaydi; 4) raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart); 5) baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003 yil 19 okt.); 2000.14.V11I. (2000 yil 14 avgust) va q.k.

User Rating: Be the first one !

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*

code

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Close