Dasturlar (Softs)Yangiliklar

MyTestX test yaratish dasturi va uni o’rnatish 1-dars

Hozirgi kunda oʻquvchini bilimini baholash uchun test sinovi asosida nazorat ishlari oʻtkaziladi. Oʻqituvchi nazorat ishini test shaklida oladigan boʻlsa kamida 2 xil variantda test tuzadi. Bu esa oʻquvchini koʻchirmasligini taʼminlaydi. Albatta oʻquvchi 100% sherigidan koʻchirmaydi deb oʻylash mumkin. Lekin oʻquvchi koʻchiraman desa oʻqituvchi oʻquvchi koʻchirayotganini sezmay qolgan hollar ham uchrab turadi. Bu narsalarni oldini olish uchun sinalgan va samarali test olish usuli yaʼni dasturi bilan sizni tanishtiraman.

Siz test dasturlari ichida EasyQuizi, ISpring kabi test yaratish dasturlari bilan ishlagan boʻlishingiz mumkin. Lekin ularda ham kamchiliklar mavjud. Men sizga tavsiya qiladigan dastur MyTestX test dasturi. Ushbu dasturning juda koʻp hususiyatlari bor. Agar sizning maktabingizda kompyuter xonasida tarmoq boʻlsa siz qiynalmay oʻquvchilarni test orqali bilim darajasini, boʻshliqlarini ham aniqlay olasiz.

MytestX dasturining imkoniyatlari:

  • Dastur tarmoq orqali boshqarishingiz mumkin. Yaʼni Server kompyuter orqali test yechayotgan oʻquvchilarni qaysi savolni yechayotganini, qancha javobga toʻgʻri qanchasiga notoʻgʻri javob berganini, bitta savolgan qancha vaqtda javob berganigacha nazorat qilib tura olasiz. Yana qaysi oʻquvchi yechib boʻlsa shu oʻquvchi necha baho olganini bildirishnoma orqali bilib turasiz.
  • Test dasturini natijalarini saqlab qoʻyish
  • Test natijalarini html va txt  dokument koʻrinishida eksport qilishingiz mumkin
  • Test tuzishning turli usullari (bitta javob tanlash, bir nechta javob tanlash, ochiq test shaklida, ketma-ketlik, oʻng va chap mosligi v boshqa)dan foydalanib test tuzishingiz mumkin
  • Turli xil rasmlarni test savollariga joylashtirish mumkin
  • Turli xil matematik va kimyoviy formulalarni ham joylashtirish mumkin
  • Testni savollari va javoblarini oʻrnini tasodifiy tanlash yoʻli bilan tanlash imkoniyati mavjud. Bunda yonma-yon oʻtirgan oʻquvchi bir-biridan test javoblarini koʻchira olmaydi sababi savollar turli ketma-ketlikda tushadi va javoblar oʻrni ham turli ketma-ketlikda tushadi.
  • Savollarni cheklab qoʻyish imkoniyati mavjud. Masalan siz 45 ta test savollari tuzdiz lekin siz oʻquvchilardan faqat 20 tasini olmoqchisiz. Siz shu 45 ta savoldan tasodifiy 20 tasini olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
  • Oʻquvchilar familiya va ismlarini bir marotaba kiritib olib keyingi safar bemalol foydalanishingiz mumkin.

Kamchiliklari:

  • Test natijalarini Excel dasturiga export qilib boʻlmaydi.
  • Oʻquvchi test yechayotgan vaqtda bilmagan savolini oʻtkazib yuboa olmaydi
  • Oʻquvchi test yechayotganda test dasturidan chiqib ketsa oʻqituvchiga shu yechgan savoligacha boʻlgan javoblarni hisoblab baho chiqaradi. Koʻp hollarda 2 baho degan javob keladi.
  • Dasturni oʻzbekcha talqini yoʻq

Dasturni oʻrnatish yoʻriqnomasi quyidagicha:

Dasturni saytimizdan bepul yuklab olib oʻrnatishni boshlashingiz mumkin.

  1. MyTestXSetup.exe fayli ustida sichqonchani chap tugmasini 2 marta tez chertiladi.
  2. Yuqoridagi oyna hosil boʻladi. Tilni tanlab OK tugmasi bosiladi
  3. Далее> tugmasi bosiladi
  4. Я принимаю условия соглашения bandi tanlanib Далее> tugmasi bosiladi. Quyidagi oyna hosil boʻlganda etiborli boʻling. MyTest Student yorligʻi faqat oʻquvchilar kompyuterlariga oʻrnatiladi. MyTest Editor va MyTestServer yorligʻlari esa oʻqituvchi kompyuteriga oʻrnatiladi. Sababi MyTest Editorda test savollari tuziladi. MyTestServerda Testni boshqarib turiladi. MyTestStudentda esa oʻquvchilar testni yechadi. Demak siz oʻquvchilar kompyuteriga dasturni oʻrnatayotganizda faqat MyTestStudent yorligʻini belgilaysiz. Oʻqituvchi kompyuteriga esa MyTestEditor va MyTestServer yorligʻini belgilaysiz.
  5. Soʻngra yana Далее> tugmasi bosiladi. Yana bir nechta bosqichdan soʻng quyidagi oynadan Завершить tugmasini bosib yakunlaysiz.
  6. Va ekrnda quyidagi yorliqlar hosil boʻladi

7. MyTestEditor oynasi quyidagicha koʻrinishda

8. MyTestServer oynasi quyidagicha

9. MyTestStudent oynasi quyidagicha


 

Dastur nomi MyTestX
Platforma Windowsning barcha turiga mos
Hajmi 6.1 mb
Havola Yuklab olish

 

User Rating: 4.2 ( 2 votes)
Belgilar
Ko'proq ko'rsatish

O'xshash maqola

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*

code

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Close