Dasturlar (Softs)DelphiKutubxonaMaktabda InformatikaPascalYangiliklar

O’quvchilarni dasturlashga qiziqtirishni 5-sinfdan boshlang

Sizda savol tugʻilishi mumkin. Nega aynan dasturlashga? Sababi oddiy tahlil orqali bilib olishingiz mumkin. Hozirgi kunda dasturchi boʻlish orqali tez yuksalish mumkin. Ham moddiy ham fikrlash doirasida. Qanday qilib 5-sinfdan boshlab dasturlashga oʻquvchilarni qiziqtirish mumkin? Buning uchun sizda Scratch dasturini oʻrgatish orqali oʻquvchilarni dasturlashni oʻrganishiga qiziqish oʻrgatishiz mumkin.

Nega aynan Scratch?

Sizlarga Sugatra Mitra oʻtkazgan ajoyib tajribani aytib bermoqchiman. Sugatra Mitri: Men Hindistonning Dehli shahrida bolalarga dasturlashni oʻrgatish bilan shugʻullanardim. Men ishlayotgan joy yonida kambagʻal qishloq bor edi. Men oʻylab qoldim shu kompyuterda ishlab koʻrmagan bolalar dasturlashni oʻrganishi mumkinmikan. Shu bilan bir vaqtda uning oldimga bolalarini olib kelgan boy oila vakillari doim oʻz farzandlarini maqtashardi. Bilasizmi, mening oʻglim kompyuterda shunday ishlar qiladiki, mening qizim judayam qobiliyatli degan gaplarni aytishardi. Men oʻylab qoldim nega faqat boy odamlarning farzanlarigina oʻta qobiliyatli. Kambaʼgallarning aybi nimada? Men ofisim yonidagi devorni oʻyib yerdan 1 metr balandga kompyuter oʻrnatdim. Bolalar yurib emas, yugurib kelishdi. Bolalar bu nima? degan savoliga bilmayman deb javob berdim. Bolalar buni nega oʻrnatdingiz deb soʻrashdi, men shunchaki boʻlishi uchun deb javob berdim. Bolalar unga tegsak boʻladimi deb soʻrashdi, men agar xohlasang tegaver dedim. Sakkiz soatdan keyin ular internetda ishlashar va bir-biriga oʻrgatishar edi. Men aytdimki bu boʻlishi mumkin emas. Ahir ular umrida kompyuterda ishlamagan ularga hech kim kompyuterni oʻrgatmaganku. Shunda hamkasblarimdan biri shunchaki oʻquvchilaringizdan birortasi ularga sichqonchani ishlatishni oʻrgatgan dedi. Men ha mayli boʻlishi mumkin dedimda shu tajribani dehlidan uzoqdagi kompyuterni biladigan odam topilmaydigan qishloqqa oʻrnatdim. U yerdagi bolalarning bu nima degan savoliga bilmayman deb javob berdimu, u yerdan ketdim. Bir necha oydan keyin borib bolalarning kompyuterni oʻynayotganlarini guvohi boʻldim va eng hayratlanarlisi ular menga – bizga kuchliroq protsessor va yaxshiroq sichqoncha kerak dedilar. Bolalardan bularni qayerdan oʻrganganini soʻradim ular oʻpkalagan ohangda siz bizga faqat inglizchada ishlaydigan kompyuter beribsiz biz oʻzimiz inglizchani oʻrgandik dedi! Sugatra Mitraning ushbu hikoyasini eshitib men hayron qoldim. Hindistonning chekkasidagi bu bolalar bilan Oʻzbekistondagi bolalarni solishtirishga harakat qildim. Bizning oʻquvchilarimizda kompyuterdan foydalanishga imkoniyat bor lekin xohish kam, bunga sabab nima. Bola baribir bola, u oʻyin oʻynagisi keladi. Lekin dasturlashga qobiliyatni ertaroq rivojlantirgan maʼqul, agar 5-sinf oʻquvchisiga paskal dasturlash tilini oʻrgatsangiz 10 tadan 7 tasi uchun bu zerikarli mashgʻulot boʻladi. Paskalda tuzilgan dasturlar asosan matematik hisob kitoblarni bajaradi. Bugunga kelib Scratch dasturi jahon miqyosida ommalashmoqda.

Avloniy malaka oshirish instuti oʻqituvchisi Sanjar Hafizov bir necha yillar davomida jahondagi ilgʻor taʼlim texnologiyalarini oʻrganib kelgan,  bu kishining gaplari meni oʻylantirib qoʻydi: Jahondagi eng boy IT korporatsiyalardan biri Microsoftda ishlayotgan hodimlarning koʻpi dasturlashni Scratch dasturida oʻrganishni boshlagan boʻlsa, nima uchun biz Paskal oʻrniga Scratch ishlatmasligimiz kerak. Scratch dasturini 8-16 yoshlilar uchun moʻljallab chiqarilgan boʻlsada hozirgi vaqtda nafaqat yosh oʻquvchilar hatto universitetlarda ham foydalanishyapdi.

Internetda Learning children for programming deb qidiruvga berib koʻrdim google qidiruv tizimida. https://www.lifewire.com saytidagi maʼlumotlarga koʼra Scratchdasturlashni oʻrganayotgan yosh bolalar oʻrtasida 1- oʼrinda.

Scratch dasturi oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga, jamoada ishlashga oʻrgatadi bular 21 asrning tayanch hayotiy koʻnikmalaridan.

Scratch dasturidan onlayn foydalanganlik statistikasi:

Manba: dasturchi.uz

Dastur nomi Scratch 2.02
Platforma Windowsning barcha turiga mos
Hajmi 72.5 mb
Havola Yuklab olish

User Rating: 4.5 ( 1 votes)
Belgilar
Ko'proq ko'rsatish

O'xshash maqola

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*

code

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Close